sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Shohruxmirzo Olimjonovich Mamajonov bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ayrim kasallanish holatlarining o‘sish sabablari bo‘yicha tahlillar olib borish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholida kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
O‘rganish davomida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Shohruxmirzo Olimjonovich Mamajonov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida quyidagilar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
• filial ehtiyojlari uchun 1 dona UTT apparati ajratildi;
• shuningdek filiali uchun 1 dona avtomobil ajratildi;
⏺ Baliqchi tumanlararo bo‘linmasini tashkil etishga kelishib olindi;
• bo‘linma faoliyati uchun tayyor binoni ajratish masalasida o‘zaro kelishuvga erishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan