Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni chuqur o‘rganish, ayrim kasallanish holatlaridagi o‘sish sabablarini tahlil qilish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
💠Shu doirada Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyati filialida xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida Andijon shahar prokuraturasi tergov poligonida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Bahriddin Bahadirovich Valiev hamda viloyat mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda markazi direktori Sh. I. Ro‘ziyev xisoboti 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-sonli qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Qo‘rg‘ontepa va Izboskan tumanlararo bo‘linmalarda yangi qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔎Bundan tashqari, yosh tergovchilar uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilinib, tomonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mazkur amaliy yordam Markazning Andijon filiali tarkibidagi tuman sud-tibbiy ekspertiza punktlarida ekspertizalarni o‘tkazish sharoitlarini yaxshilash, xodimlar uchun qulay mehnat muhiti yaratish va xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyati filialida xizmat safarida bo‘ldi

