O‘zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan xizmat safari doirasida, Yaponiya davlatining Kioto shahrida joylashgan «Shimadzu» kompaniyasining ko‘rgazmalar zaliga tashrif amalga oshirildi.
🗣Ushbu tashrif davomida Shimadzu kompaniyasi tomonidan sud-tibbiyot, laboratoriya diagnostikasi, va boshqa tibbiy-ekspertiza yo‘nalishlariga oid eng so‘nggi rusumdagi yuqori texnologiyali uskunalar, zamonaviy laboratoriya jihozlari hamda ilg‘or texnologik echimlar namoyish etildi.
⏺Ishchi guruh a’zolari kompaniya mutaxassislari bilan texnik muhokamalar olib bordilar, uskunalarning amaliy imkoniyatlari, funksional xususiyatlari va sud-tibbiy ekspertizadagi qo‘llanilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar.
⏺Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasida sud-tibbiy ekspertiza tizimini yanada modernizatsiya qilish, xalqaro tajribani o‘rganish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaponiya davlatining Kioto shahrida joylashgan «Shimadzu» kompaniyasining ko‘rgazmalar zaliga tashrif amalga oshirildi.