Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Yaponiyada uchrashuv o‘tkazmoqda
🗣Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev Yaponiyaning Kioto va Tokio shaharlarida bo‘lib, “Shimadzu” kompaniyasi rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
⏺Uchrashuvlarda sud-tibbiy ekspertiza sohasiga nanotexnologiyalarni joriy etish, zamonaviy jihozlardan foydalanish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
⏺Mazkur tashrif ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
