Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Yaponiyada ishchi safarda

1

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev joriy yilning 18–26 oktabr kunlari ishchi guruh tarkibi bilan Yaponiyaning Kioto va Tokio shaharlarida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safar davomida “Shimadzu” kompaniyasida nanotexnologiyalarni sud-tibbiy ekspertiza jarayonlariga joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish, ushbu yo‘nalishda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy jihozlarning ishlash prinsiplari bilan tanishish, shuningdek malaka oshirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.
🔹Mazkur tashrif doirasida o‘quv kursi o‘z ishini boshlagan bo‘lib, Markaz mutaxassislari uchun xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan