Harbiy prokuratura xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
🗣Joriy yilning 16-oktabr kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi (RSTEIAM) mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tergovchilari va xodimlari uchun “Qotillik va boshqa jinoyatlar, o‘z joniga qasd va suiqasd holatlari bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, dalillarni topish va qayd etish, tintuv hamda boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish usullari” mavzusida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga hodisa joyini to‘g‘ri ko‘zdan kechirish tartibi, ashyoviy dalillarni aniqlash, yig‘ish, qayd etish va ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔹Mazkur tadbir Harbiy prokuratura organlari tergovchilarining kasbiy mahoratini oshirish, sud-tibbiy ekspertiza sohasida amaliy bilimlarni yanada mustahkamlash hamda idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.
