Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ayrim kasallanish holatlarining o‘sish sabablari bo‘yicha chuqur tahlillar olib borish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholida kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar doirasida Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Iminov Abdilxodi Muxiddinovichbilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:
➡️filial binosidagi laboratoriya xonalarini ta’mirlash uchun 1 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi;
filial ehtiyojlari uchun 1 dona UTT apparati, 1 dona portativ rentgen apparati, 1 dona ginekologik ko‘rik kreslosi, shuningdek xo‘jalik ehtiyojlari uchun 1 dona avtomashina bilan ta’minlash;
PQ–270-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Pop tumanida markazlashgan laboratoriyaga ega bo’lgan tumanlararo bo’linmasi uchun yangi bino ajratish;
➡️2026 yilda Namangan viloyati filialini yangi binoga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Shuningdek markaz va unining Namangan viloyat filiali,viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan
o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga , jumladan kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko’maklashish belgilab olindi.
➡️Mazkur kelishuvlar sud-tibbiy ekspertiza xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifatini oshirish hamda sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilishi qayd etildi.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, t.f.d., professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i bilan uchrashdi