Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasida seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025 yildagi
«Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va soha­ga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-270-sonli Farmonining mazmun-mohiyati mavzusidagi respublika seminar-trening Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

🗣Mazkur seminar-treningda quyidagi rahbarlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar:

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o’rinbosari Xusaynov Anas Maxammadovich

Namangan viloyat prokuraturasi hodimi Inamiddinov Abdulaziz Ibroximovich

Ro‘ziyev Sherzod Ibadullaevich, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori

Seminar doirasida quyidagi mavzularda ma’ruzalar tinglandi:

Sud-tibbiy ekspertiza xizmati faoliyatiga joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar hamda virtual autopsiya tadqiqoti.
Ma’ruzachi:Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori o’rinbosari Xvan Oleg Inokentiyevich

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali direktori Sharobiddinov Zafar Goyiboevich

🔎Seminar-trening juda qiziqarli, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Ma’ruzachilar tomonidan ilgari surilgan taklif va fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan samarali savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan