O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazini rivojlantirish masalalari bo‘yicha AQSh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
➡️ Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida AQSh Favqulodda va Muxtor elchisi ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
➡️Uchrashuv chog‘ida sud-tibbiy ekspertiza tizimini zamonaviylashtirish, ilg‘or diagnostika texnologiyalarini joriy etish hamda mutaxassislarning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sud-tibbiy ekspertiza sohasida yetakchi xorijiy tajribalarni tatbiq etish, laboratoriya tekshiruvlarini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelgusi istiqbollarni muhokama qilindi.




