Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi qarorlari ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda Markaz direktori Sh.I. Ro‘ziyev tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama etildi. Shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, rivojlanish yo‘nalishlari hamda strategik maqsadlar belgilab olindi.
Xususan, sud-tibbiy ekspertiza sohasida xizmatlar sifatini yanada oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash, xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, ijro intizomini kuchaytirish, xizmat faoliyatida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli axborotlar berildi.
➡️Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, samarali va sifatli ta’minlash, mas’ul ijrochilar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi qarorlari ijrosini to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


