RSTEIAM Buxoro filialiga PQ–270-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov hamda viloyat hokimligining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiev tashrif buyurdilar

2026 yil 31 yanvar kuni RSTEIAM Buxoro filialiga PQ–270-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Adilov hamda viloyat hokimligining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiev tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif davomida filialning hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan binolari, mavjud moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati hamda ish jarayonlari bilan batafsil tanishildi. Шунингдек, PQ–270-sonli qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida filial uchun yangi ajratilgan yer maydonlari, kelgusida qaytadan qurilishi rejalashtirilayotgan bino-inshootlar joylashuvi va loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar muhokama qilindi.
Tashrif chog‘ida mas’ul rahbarlar tomonidan filial faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy talablar asosida infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.Yangi zamonaviy binoga ega bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan