Xizmat safari doirasida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Bag‘dod tumani prokurori A.Muxtorov bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️Xususan, Bag‘dod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasining faoliyat ishonchliligini ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda sud-tergov organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Bag‘dod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasi binosini ta’mirlash, uni zamonaviy talablarga mos holga keltirish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
➡️Shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xulosalarining sifatini oshirish, ishlarni ko‘rib chiqishda tezkorlik va xolislikni ta’minlash yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Bag‘dod tumani prokurori A.Muxtorov bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi