Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan xizmat safari rejasiga muvofiq joylarda o‘rganish, tahlil hamda amaliy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlar hududiy bo‘linmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
Xizmat safari doirasida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Bag‘dod tumani hokimi Soliyev G‘anijon Sheraliyevich bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, Bag‘dod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasi binosini ta’mirlash, uni zamonaviy talablarga mos holga keltirish, shuningdek, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar mazkur vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.
✈️Ushbu chora-tadbirlar sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yaxshilash hamda tizim faoliyatini zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Farg’ona filialiga tashrif