O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari B. B. Valiev, Ichki ishlar vazirligi o‘rinbosari hamda Surxondaryo viloyati hokimi U. B. Qosimov ishtirokida viloyat mutasaddi rahbarlari va tegishli idoralar mas’ullari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi

✍️O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari B. B. Valiev, Ichki ishlar vazirligi o‘rinbosari hamda Surxondaryo viloyati hokimi U. B. Qosimov ishtirokida viloyat mutasaddi rahbarlari va tegishli idoralar mas’ullari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sud-tibbiy ekspertiza tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish va hududlarda infratuzilmani mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida RSTEIAM Surxondaryo filiali boshlig‘i F. N. Muhammadiev so‘zga chiqib, sud-tibbiy ekspertiza sohasida joriy etilayotgan yangi usullar, raqamlashtirish jarayonlari hamda ilg‘or tibbiy-texnik vositalarning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, “Virtual autopsiya” tizimini yo‘lga qo‘yish orqali murakkab ekspertiza tadqiqotlarini yanada aniq va shaffof o‘tkazish, inson omilini kamaytirish hamda jarayonlarni xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish mumkinligi alohida ta’kidlandi.
➡️Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi U. B. Qosimov tomonidan filial faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Jumladan, “Virtual autopsiya” tizimini to‘liq joriy etish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kompyuter tomograf uskunasini xarid qilish, shuningdek,
Denov tumani hududida yangi hududiy laboratoriya tashkil etish ishlari viloyat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ma’lum qilindi.
➡️Mazkur tashabbuslar sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari sifatini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda tergov-surishtiruv jarayonlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan