Sog‘liqni saqlash vazirligining topshirig‘iga muvofiq, hududlarda aholi salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, ayrim kasalliklar o‘sishining sabablarini tahlil qilish, profilaktik choralarni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, aholida kasallanish xavfini kamaytirish hamda kasalliklarni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida Profi Universiteti rektori Filippov Olgert Aleksandrovich bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida sud-tibbiy ekspertiza sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, shuningdek Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filiali hamda tuman bo‘limlarini umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik seksion jixozlar va elektr pila naborlari xarid qilinib ta’minlashga , shu orqali ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash kelishib olindi.
✈️Muzokaralar yakunida tomonlar ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar va konferensiyalar o‘tkazish hamda Navoiy viloyati filialining moddiy-texnik bazasini yaxshilash yo‘lida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda




