Joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.09.2025 yildagi
«Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-270-sonli Farmonining mazmun-mohiyati mavzusidagi respublika seminar-trening Navoiy viloyati prokuraturasida bo‘lib o‘tdi.
🗣Mazkur seminar-treningda quyidagi rahbarlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar:
Navoiy viloyati prokurori birinchi o’rinbosari Raxmatov Rashid Nasrullayevich –
Ro‘ziyev Sherzod Ibadullaevich, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori.
Seminar doirasida quyidagi mavzularda ma’ruzalar tinglandi:
Sud-tibbiy ekspertiza xizmati faoliyatiga joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar hamda virtual autopsiya tadqiqoti.
Ma’ruzachi: Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy filiali direktori Gamidov Seymur Shukur o’g’li
🔎Seminar-trening juda qiziqarli, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Ma’ruzachilar tomonidan ilgari surilgan taklif va fikrlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan samarali savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.






