Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘ldi
Bayram tadbirida markaz rahbariyati, soha mutaxassislari hamda markaz xodimlari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida tizimda samarali faoliyat olib borayotgan, o‘zining fidokorona mehnati bilan jamoa rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar e’tirof etilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.
Tadbirda ayol mutaxassislarning sud-tibbiy ekspertiza tizimidagi o‘rni, ularning kasbiy mahorati va mas’uliyatli mehnati alohida ta’kidlandi. Bayram dasturi samimiy tabriklar va ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbir ayol xodimlarning jamiyat va tibbiyot sohasidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
