Joriy yilning 25-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazirlik va idoralar rahbarlari, hududiy hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari, texnikum hamda maktablar rahbarlariga muhim topshiriqlar berildi. Unda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon filiali boshlig‘i A.A. Yuldashev tashabbusi bilan filialda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
➡️Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, yurt taraqqiyotida yoshlarning o‘rni beqiyos ekani haqida atroflicha so‘z yuritildi. Yoshlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish, mavjud muammolarning yechimi borligi hamda bu borada davlat tomonidan doimiy e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
➡️Shuningdek, yosh xodimlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashinuvi o‘tkazildi. Samimiy va konstruktiv ruhda kechgan mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
