“Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” ilmiy-amaliy seminari
1-kun, ikkinchi yarmi
Seminar dasturiga muvofiq tadbirning birinchi kunining ikkinchi yarmida ham qator mutaxassislar o‘z ma’ruza va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
⚡️Xusanov Azamat Sotvoldiyevich – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi mudiri.
“Sud-kimyo ekspertiza sohasidagi dolzarb muammolar.”
⚡️Jumayeva Sharifa Jo‘rayevna – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti.
“Biologik obyekt tarkibidan ‘No-shpa’ (drotaverin gidroxlorid) dori vositasini ajratib olish va tahlil usullari.”
⚡️Rasulova Umida Manguyevna – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti.
“Tabiiy va sun’iy katinonlar: ta’rifi, klassifikatsiyasi, ularni ajratib olish hamda tahlil usullari.”
Birinchi kun yakuniy qismi
Seminarning yakuniy qismida
⚡️Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi sud-kimyo bo‘limi mudiri Primuxamedova Xilola Inoyevna tomonidan seminar davomida ko‘tarilgan mavzular yuzasidan umumiy muhokama tashkil etildi.
✈️Muhokama jarayonida ma’ruzachilar va tinglovchilar o‘rtasida sud-kimyo ekspertizasi sohasidagi dolzarb masalalar, zamonaviy tahlil usullari hamda sohada yuz berayotgan yangiliklar yuzasidan fikr almashildi. Savol-javoblar va ochiq muloqotlar ruhida o‘tgan ushbu muhokamalar bilan seminarning birinchi kuni o‘z yakuniga yetdi.




