Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning ochilish marosimini
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ro‘ziyev Sherzod Ibadullayevich kirish so‘zi bilan ochib berdilar. O‘z nutqlarida ular sud-kimyo ekspertizasi sohasining bugungi kundagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribaning o‘zaro uyg‘unligi hamda zamonaviy laboratoriya usullarini keng joriy etish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
📶Shundan so‘ng seminar “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” ilmiy-amaliy seminari dasturi asosida davom etdi.
2026-yil 12-mart — 1-kun, birinchi yarmi
Seminar dasturiga muvofiq quyidagi mutaxassislar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar:
⏺Matkarimova Guli Maqsudovna – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Xorazm viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi mudiri. “Morfinni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida tahlil qilish va biologik obyekt tarkibidan aniqlashda sud-kimyo amaliyotida qo‘llash.”
⏺Berdiyarova Shohista Namazboyevna – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi mudiri. “Lirikani biologik suyuqlik (siydik)dan ajratib olish va GX-MS usulida tahlil qilish.”
⏺Aliev Akim Edemovich – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi mudiri. “Обнаружение каннабиноидов методом тонкослойной хроматографии в крови хронических курильщиков каннабиса.”
⏺Ashurov Olimjon Xabibullayevich – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali sud-kimyo bo‘limi mudiri. “Anaprilin dori vositasini yupqa qatlam xromatografiyasi usulida tahlil qilish metodikasini ishlab chiqish.”
⏺Mirzarahimov Axborjon Solijonovich – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi mudiri. “Biologik faol qo‘shimchalar tarkibidagi kuchli ta’sir etuvchi moddalarni GX/MS usulida tahlil qilish.”
⏺Ergashov Muxiddin Umurovich – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti. “Spays (sintetik kannabinoidlar)ni sud-kimyo amaliyotida biologik obyektlardan ajratib olish va ularni tahlil qilish usullari.”
⏺Yerimbetova Muxabbat Doschanovna – Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali sud-kimyo bo‘limi sud-tibbiy eksperti. “Risperidonni biologik suyuqliklardan ajratib olish va uni YuQX hamda spektrofotometrik usulda tahlil qilish.”
✈️Seminar davomida taqdim etilgan ma’ruzalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Tadbir savol-javoblar, fikr almashish hamda bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tmoqda. Mutaxassislar sud-kimyo ekspertizasi sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy tahlil usullarini amaliyotga joriy etish masalalarini muhokama qilmoqdalar.








