Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning ochilish marosimini Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ro‘ziyev Sherzod Ibadullayevich kirish so‘zi bilan ochib berdilar. O‘z nutqlarida ular sud-kimyo ekspertizasi sohasining bugungi kundagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribaning o‘zaro uyg‘unligi hamda zamonaviy laboratoriya usullarini keng joriy etish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
➡️Shuningdek, seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan sud-kimyo ekspertizasining dolzarb masalalari, zamonaviy tahlil usullari hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda





