Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.I. Ro‘ziyevboshchiligidagi ishchi guruhning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Navoiy davlat pedagogika universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔍Uchrashuv davomida sud-tibbiy ekspertiza sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma seminar va konferensiyalar tashkil etish, shuningdek Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi” kafedrasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🔍Shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida ordinatura va internatura yo‘nalishlarini ochish, hamda sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislarini tizimli ravishda tayyorlash va ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✈️Muzokaralar yakunida tomonlar ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, seminar va konferensiyalar o‘tkazish hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filiali moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash yo‘lida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.



