Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.I. Ro‘ziyevboshchiligidagi ishchi guruhning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Navoiy Innovatsiyalar universiteti rektori Mavlonov Jurabek Yorqulovich bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅Uchrashuv davomida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida patomorfologiya kafedrasini tashkil etish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2 dona spektrofotometr, 3 dona elektron mikroskop hamda zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅Mazkur hamkorlik sud-tibbiy ekspertiza sohasida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy laboratoriya usullarini keng joriy etish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.






