2026-yil 13-mart kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filiali boshligʻi Z.M.Roʻziyeva va Qashqadaryo viloyat Koson tuman IIB boshligʻi B.Mirzayev bilan «Ekspertizani maqsadli tayinlash-ish materiallarini oʻz vaqtida yetkazib berish va bu oʻz navbatida ekspertiza tekshiruv muddatiga, sifatiga ta’siri va ish materiallari vaqtida tayinlanmagani sababli 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi «Sud-ekspertizasi toʻgʻrisida»gi qonunning 24-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi JPK 185-moddasi talablari asosida ijrosiz qaytgan xulosalar toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish davomida kelgusida ekspertiza, tergov sifati, muddati va yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kelishib olindi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filiali boshligʻi Z.M.Roʻziyeva va Qashqadaryo viloyat Koson tuman IIB boshligʻi B.Mirzayev bilan uchrashuv


