Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining bir guruh xodimlari Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi universitetiga malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–270-son qarori ijrosini bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qarorda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining samaradorligini oshirish, mutaxassislarning malakasini yuksaltirish hamda xalqaro tajribani keng joriy etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

✅Shu munosabat bilan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining bir guruh xodimlari Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi universitetiga malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida yuborildi. Ushbu tashrif davomida sud-tibbiy ekspertiza sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, ilg‘or ilmiy yondashuvlar hamda amaliy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishish ko‘zda tutilgan.

✅Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, ilmiy-amaliy seminarlar hamda tajriba almashish mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur jarayonda sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy laboratoriya texnologiyalarini joriy etish, ekspert xulosalarining sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

✈️Shuningdek, ikki tomonlama ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalar amalga oshirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida seminar va konferensiyalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashrif sud-tibbiy ekspertiza tizimini yanada modernizatsiya qilish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan