“Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli yakunlandi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyati filialida “Sud-kimyo ekspertizasining tanlangan masalalari” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik ilmiy-amaliy seminar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur seminar sud-kimyo ekspertizasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va tajribalarini oshirish, sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy tahlil usullari hamda ilg‘or amaliyotlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Seminar davomida sud-kimyo ekspertizasining dolzarb masalalari, ekspertiza jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya usullari, biologik va kimyoviy obyektlarni tahlil qilish metodlari hamda ekspert xulosalarining ilmiy asoslanganligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qator ma’ruzalar taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan sohada uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda amaliyotda qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lib, savol-javoblar, fikr almashish va bahs-munozaralar orqali muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Seminar jarayonida sud-kimyo ekspertizasining sifatini yanada oshirish, laboratoriya tadqiqotlarini takomillashtirish hamda ekspertlarning kasbiy malakasini muntazam oshirib borish zarurligi alohida ta’kidlandi.
✅Shuningdek, seminar doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda zamonaviy laboratoriya uskunalaridan foydalanish, tahlil natijalarini to‘g‘ri talqin qilish hamda ekspertiza jarayonida aniqlik va xolislikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
✅Ikki kun davom etgan mazkur ilmiy-amaliy seminar yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbir ishtirokchilari bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar sud-tibbiy ekspertiza tizimini yanada rivojlantirish, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan