Sud-tibbiyoti sohasida oʼtgan yil sarhisobi boʼyicha joriy yilning 06 yanvar kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida oflayn va onlayn rejimida markazning Аndijon viloyat filiali rahbarining hisoboti tinglandi.

Mazkur filial tomonidan oʼtgan 2022-2024 yil davomida rejaga muvofiq bajarilgan ishlar va kelgusi 2025-2027 yilda bajarilishi koʼzda tutilgan ish rejalari va ularni amalga oshirish boʼyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlari muhokama qilindi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro’ziyev tomonidan kelgusi rejalarni amalga oshirish boʼyicha topshriqlar berildi.