Joriy yilning 08 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Anvarovich Xudayarov Respublika
sud- tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktoriSh.I.Ro’ziyev bilan birgalikda, Respublika patologik anatomiya markaziga
tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida patologoanatomiya va sud tibbiyoti sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud
muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida muhokamalar olib borildi. Muloqot jarayonida Respublika sud-tibbiy ekspertiza

ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev sud tibbiyoti sohasidagi erishilgan yutuqlar va sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan
rejalar to‘g‘risida bayonot berdi. Shu bilan birga, sud-tibbiyoti yo‘nalishida klinik ordinaturada davlat budjeti asosida mutaxassislarni
tayyorlash orqali, sohada kadrlar tanqisligini bartaraf etish mumkinligi taklifini ilgari surdi. Vazir A.A.Xudyarov tomonidan har ikkalar
markaz direktorlariga mamlakatda tibbiyot sohasining har bir jabhasi, shu jumladan sud-tibbiyoti va patologoanatomiya yo‘nalishini
zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazishga oid tavsiyalar berildi.