2025 yil 28 yanvar kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I.Ro‘ziyevning molekulyar-genetik tekshiruvlarni markaz va filiallarda joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmasiga asosan, o‘zaro ilmiy-amaliy hamkorlik doirasida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filialiga “Hayot Technology” kompaniyasini ilmiy maslahatchisi, biologiya fanlari doktori Muxamedov R.S.(Toshkent) va “BGI” kompaniyasini kriminalistik

yo‘nalishlar bo‘yicha SNG davlatlari bosh menedjeri, biologiya fanlari nomzodi Nekrasov S.V. (Moskva)lar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida yangi qurilgan DNK laboratoriyasi binosini ko‘zdan kechirdilar, unga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy jixozlarni sotib olish va joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.