Tashrifning ikkinchi kuni RSTEIAM direktori professor Sh.I.Ro‘ziev, hamda Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Oqtobe Sud ekspertiza markazi vakillari.

Tashrifning ikkinchi kuni RSTEIAM direktori professor Sh.I.Ro‘ziev, hamda Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Oqtobe Sud ekspertiza markazi vakillari Markazning sud kimyo, sud-gistologiya, tibbiy kriminalistika,sud biologiya va murakkab ekspertizalar bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida sud biologiya bo‘limining serologik tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoni tanishtirildi. Delegatsiya vakillari uchun laboratoriyaning moddiy-texnik bazasi, uning imkoniyatlari va kelajakdagi istiqbollari bilan tanishtirilib, “Leica” DM 2500 qiyosiy mikroskopi yordamida soch tolalarini identifikasiya qilish mavzusida seminar o‘tkazildi. Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Sud ekspertiza markazi bilan RSTEIAM mutaxassislarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan