RSTEIAM direktori professor Sh.I.Ro’ziyev Markazning Namangan viloyat filialiga tashrifi davomida Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi raxbariyati bilan uchrashib, viloyatda sud-tibbiy ekspertiza o’tkazish uchun lozim bo’lgan ish materiallari, ashyoviy dalillarni o’z vaqtida yetqazib berish, ekspertiza xulosalarini ilmiy asoslab berish masalalari yuzasidan suxbat olib bordi. Uchrashuv yakunida Markazning Namangan viloyat filialiga IIB tomonidan zamonaviy kompyuterlar beg’araz yordam sifatida taqdim etildi.