“AGILENT TECHNOLOGIES” kompaniyasining O‘zbekistondagi yagona rasmiy hamkori “HIMLABPRIBOR” tomonidan 2025 yil 21 fevral kuni “Kimyoviy analiz uchun Agilent Technologies mahsulotlari- xromatografiya va spektroskopiya sohasidagi jahon yetakchisi” nomli konferensiya tashkil etildi. Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaz va hududiy filiallari sud-kimyo bo‘limlari mudirlari va yetakchi mutaxassislari ishtirokida Agilent Technologies mahsulotlari portfelida 2025 yilda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, texnologik jarayonlarda ro‘y berayotgan modernizatsiya jarayonlari bilan tanishildi.
