29-iyul kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi Turkiyada bo‘lib, ushbu sohadagi yetakchi kompaniyalardan biri – “EGEFE” bilan muzokaralarni boshladi.
🔹 Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan:
• sud-tibbiy ekspertiza sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish,•
mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish,•
qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.•
🔹 Uchrashuv chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini sud-tibbiy ekspertiza jarayonlariga joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Mazkur muzokaralar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va sud-tibbiy ekspertiza tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda
