📅 2025-yil 8-avgust kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida Markaz direktori Sh.I. Ro‘ziyev hamda mas’ul xodimlar ishtirokida Sog‘liqni saqlash vazirligining topshiriqlarini bajarish va ijro intizomini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🗂 Yig‘ilishda ijro intizomini mustahkamlash, hujjat va topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Bu jarayon Markazning o‘zi bilan bir qatorda uning barcha hududiy filiallariga ham tegishli ekani alohida qayd etildi.
✅ Shuningdek, yig‘ilish davomida mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
