Samarqand viloyatida o‘tkazilgan seminar, voqiya joyini ko’zdan kechirish, ekspertizani tayinlash va ashyoviy dalillarni to‘g‘ri yo‘naltirishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlandi. Tadbirda soha mutaxassislari va tegishli idoralar vakillari ishtirok etib, har bir sohaning vazifalari va ularning amaliy ijrosi haqida fikr almashdilar.
Seminarda ishtirok etgan mutaxassislar:
•Rabiyev Sherzod Mirjalilovich Adliya vaziri o’rinbosari
• Xalilov Akram Utamurodovich – X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori
• Roziyev Sherzod Ibadullayevich – Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori
• Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li – Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘I qatnashdilar.
Bu tadbir, sohada yuzaga kelgan muammolarni hal etish va kelgusida yanada samarali ish yuritishni ta’minlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
