⏺Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligidagi ishchi guruh “UNOCDl” dasturi doirasida Fortek firmasi hamkorligida Yaponiyaga xizmat safariga yo‘l olmoqda.
⏺Safarning asosiy maqsadi — “Shimadzu Corporation” kompaniyasida ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 120 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan yangi avlod xromatomas apparatining imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, markaz xodimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlash maqsadida yaponiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etishdan iborat.
⏺Tashrif davomida ilg‘or tajriba almashish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda sud-tibbiy ekspertiza sohasida zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.