O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son qarori ijrosini ta’minlash, sud-tibbiy ekspertiza sohasini bosqichma-bosqich raqamlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida “e-ekspertiza” axborot tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.
Mazkur axborot tizimi sud-tibbiy ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish jarayonlarini yagona elektron platforma orqali amalga oshirish imkonini beradi. Jumladan, ekspertiza materiallarini elektron qabul qilish, ekspert xulosalarini raqamli shaklda tayyorlash va saqlash, shuningdek, idoralararo elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
“E-ekspertiza” tizimini joriy etish orqali ekspertiza jarayonlarining ochiqligi va shaffofligi oshiriladi, hujjat aylanishi soddalashtiriladi, ekspertiza o‘tkazish muddatlari qisqartiriladi hamda inson omili bilan bog‘liq xatoliklarning oldi olinadi. Shu bilan birga, tizim orqali statistik ma’lumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
⚫️Sinov jarayonida tizimning texnik barqarorligi, funksional imkoniyatlari va amaliy samaradorligi baholanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda uni respublika bo‘yicha bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ–270-son qarori ijrosini ta’minlash, sud-tibbiy ekspertiza sohasini bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda