O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida sud-tibbiy ekspertiza sohasida Ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliy tajriba almashish, tergov va ekspertiza jarayonlarida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

🔘Shuningdek, davra suhbatida qonunchilikdagi yangiliklar, sud-tibbiy ekspertlarining kasbiy malakasini oshirish, raqamlashtirish jarayonlari hamda murakkab ekspertiza holatlarida idoralararo hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔘Tadbir yakunida tomonlar kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirish, o‘zaro axborot almashuvini kuchaytirish hamda sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan