Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Xorazm viloyati filiali faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi

🕊Joriy yilning 14-yanvar kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida oflayn va onlayn formatda markazning Xorazm viloyati filiali faoliyati bo‘yicha hisobot bo‘lib o‘tdi. Unda markaz rahbariyati, mas’ul mutaxassislar hamda hududiy filiallar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Xorazm viloyati filiali tomonidan 2024–2025-yillar mobaynida sud-tibbiyoti sohasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, sud-tibbiy ekspertizalarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda zamonaviy tadqiqot usullarini amaliyotga joriy etish borasida erishilgan natijalar muhokama etildi.
Shuningdek, pulli xizmatlar hajmi 2024-yilga nisbatan 30 foizga oshgani alohida qayd etildi.
Yig‘ilishda 2026-yilga mo‘ljallangan istiqbolli ish rejalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Kelgusida sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari sifatini yanada oshirish, hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini kuchaytirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔘Yig‘ilish yakunida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev tomonidan filial faoliyatini yanada takomillashtirish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, amaliyotga joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
🔘Mas’ul xodimlarga ijro intizomini mustahkamlash, mavjud muammolarni bartaraf etish, sohada ilg‘or tajribalarni keng joriy etish hamda kadrlar masalasi, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🔘Mazkur hisobot yig‘ilishi sud-tibbiy ekspertiza tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda hududiy filiallar faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan