Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda uning hududiy filiallari ishtirokida korrupsion holatlarning oldini olish olish bo’yicha yig‘ilish

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda uning hududiy filiallari ishtirokida korrupsion holatlarning oldini olish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔘Mazkur yig‘ilishda sohada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati chuqur tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha muhokama etildi. Xususan, xizmat faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish hamda ichki nazorat tizimini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔘Shuningdek, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini to‘liq ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

✈️Yig’ilish yakunida mas’ul rahbar va xodimlarga tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qat’iy chek qo‘yish, profilaktik choralarni kuchaytirish hamda xizmat faoliyatini halollik va qonuniylik tamoyillari asosida tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan