RSTEIAM tomonidan Namangan viloyat filaliga beg’araz yordam.
RSTEIAM tomonidan Namangan viloyat filaliga foydalanish uchun monoblok, laborator jixozlar, stol, stullar , shkaflar, tarozilar, sentrofuga va ko’plab boshqa turdagi apparatlar jo’natildi.
RSTEIAM tomonidan Namangan viloyat filaliga foydalanish uchun monoblok, laborator jixozlar, stol, stullar , shkaflar, tarozilar, sentrofuga va ko’plab boshqa turdagi apparatlar jo’natildi.
RSTEIAM direktori professor Sh.I.Ro’ziyev Markazning Namangan viloyat filialiga tashrifi davomida Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi raxbariyati bilan uchrashib, viloyatda sud-tibbiy ekspertiza o’tkazish uchun lozim bo’lgan ish materiallari, ashyoviy dalillarni o’z vaqtida yetqazib berish, ekspertiza xulosalarini ilmiy asoslab berish masalalari yuzasidan suxbat olib bordi. Uchrashuv yakunida Markazning Namangan viloyat filialiga IIB tomonidan zamonaviy kompyuterlar beg’araz yordam sifatida…
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro’ziyev Impuls Tibbiyot Instituti rektori O.N. Xolmirzayev bilan uchrashib o’zaro ilmiy-amaliy hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi. Unga muvofiq universitet bilan memorandum imzolandi. Professor- o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish. Nashrlar,ilmiy materiallar va ma’lumotlar almashinuvida hamkorlik qilish. Tegishli kafedralarning o’zaro aloqalarini ta’minlash Sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi kafedrasi…
Joriy yilning 21 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Harbiy prokuratura organlari tergovchilarining bilim mahorati va malakasini oshirish bo’yicha o’quv-mashg’ulotlari o’tkazish rejasiga muvofiq “Tergov poligoni” bazasida turli mavzularda amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. Amaliy mashg’ulotda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy Markazi mutaxassisi tomonidan, hodisa joyida murdani ko’zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish va yig’ib olish, hamda qadoqlash amaliyoti ko’rsatib berildi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filiali O’zbek xalqining milliyligimiz qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va muhabbat ifodasidir.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy viloyati filiali rahbari S.Gamidov tashabusi bilan gistologik labaratoriya tekshiruvlarini o’tkazish uchun mikratom va sud kimyo tekshiruvlari uchun Analizator Namangan viloyati filiali balansiga o’tkazib berildi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi tomonidan Namangan viloyati filialiga jami rivojlantirish uchun 137 million so’mlik seksion stol, seksion jamlama va mufilniy pech, taqdim etildi.Shuningdek markaz balansida bo’lgan kompyuter,stol-stul,shkaf Namangan filiali balansiga o’tkazib berildi.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori professor Sh.I.Ro’ziyev boshchiligidagi ishchi guruh ikkinchi kuni viloyat SSB A.M.Iminov bilan uchrashib filial moddiy texnik bazasini yaxshilash va binoni joriy tamirlash muxokama qilindi. Markaz filialiga UTT tekshiruv apparati,sud-kimyo bo’limiga quritish shkafi va sentrifuga xamda sud-biologiya bo’limiga elektron mikroskop,termostat axborot kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish uchun 600 million so’m yo’naltirildi.
Joriy yilning 20 fevral kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.Ro’ziyev boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyati filialiga o’rganish uchun tashrif buyurishdi. Ishchi guruh tomonidan filial faoliyati tanqidiy taxlil qilinib mavjud kamchiliklar va ularning yechimi ustida ish olib borishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tomonidan,Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga 4 dona kompyuter,1 dona fotoapparat va 2 dona printer beg’araz yordam sifatida berildi.