Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanida seminar tashkil etildi

➡️Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanida prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari hamda sud-tibbiy ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi. ➡️Mazkur tadbirda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanlararo bo‘linmasi boshlig‘i R.D. Yakubjonov ham faol ishtirok etdi. ➡️Seminar davomida tergov jarayonlarida sud-tibbiy ekspertizaning o‘rni va ahamiyati, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Read Full News

Markaz xodimlari Toshkent farmatsevtika institutida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida faol ishtirok etdi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev boshchiligida markaz xodimlari Toshkent farmatsevtika institutida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida faol ishtirok etdi. ⏺Mazkur tadbirda ishtirok etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — markaz hamda uning hududiy filiallarini yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar bilan ta’minlash, shuningdek, iqtidorli yoshlarni sud-tibbiyot sohasiga keng jalb etishdan…

Read Full News

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyatida, Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot institutida “Yilning eng yaxshi laboranti – 2026” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo’lib o’tdi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Buxoro viloyatida, Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot institutida “Yilning eng yaxshi laboranti – 2026” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Mazkur tanlov laboratoriya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Tanlovning ochilish marosimida Respublika…

Read Full News

Markazga Qirg‘iziston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari tashrif buyurdi

Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 2–4-aprel kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida “Turkiy sud ekspertiza tarmog‘i (TSET)”ni tashkil etish bo‘yicha Anglashuv memorandumi loyihasini imzoladi. ✅Mazkur anglashuv memorandumi doirasida Markazga Qirg‘iziston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari tashrif buyurdi. ➡️Tashrifning asosiy maqsadi ikki…

Read Full News

Senatning yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini izchil isloh etish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat – “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi

Sud-tibbiy ekspertlik faoliyatini rivojlantirishda yangi qadam (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4836) Senatning yalpi majlisida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini izchil isloh etish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat – “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. Sud ekspertizasi xulosalarining ilmiy asoslanganligi va ishonchliligi sud qarorlarining qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinishi uchun muhim shart hisoblanadi. Oxirgi yillarda…

Read Full News

Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim xalqaro tadbir

Avval xabar berganimizdek, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda. Ushbu tadbir doirasida joriy yilning 4-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon o‘rtasida uch tomonlama…

Read Full News

Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida “Turkiy sud ekspertiza tarmog‘i (TSET)” to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi loyihasini imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlarning sud-ekspertiza muassasalari o‘rtasida “Turkiy sud ekspertiza tarmog‘i (TSET)” to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi loyihasini imzolashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. ✅Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamenti yetakchi mutaxassisi F. Bobayev hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh. Ro‘ziyev 2026-yil 3-aprel…

Read Full News