Joriy yilning 8 avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi binosida Xitoy davlati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢Unda vazir o‘rinbosari F. Toshpulatov, RSTEIAM direktori Sh. I. Ro‘ziyev, Xitoy xalqaro injener konsalting korporatsiyasi bosh konsultanti Du Chjenli va boshqa mas’ul xodimlar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida grant asosida
Xitoy tomonidan ko‘rsatiladigan yordam masalalarini muhokama qilishdi.
🟢O’z o’rnida Xitoy delegatsiyasi a’zolari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi faolyatiga qiziqish bildirib 9 avgust kuni markaz faolyati bilan bevosita tanishish, markazda olib borilayotgan ilmiy loyihalarni o’rganish maqsadida tashrif buyurishlarini bildirishdi.
