Joriy yilning 9-avgust kuni Xitoy xalqaro taraqqiyot va hamkorlik agentligi SIDSA tashkiloti vakillari Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurishdi.
Agentlik vakillari Xitoy xalqaro konsalting korporatsiyasi bosh maslahatchisi, ilmiy xodim Du Chjenli, katta muhandis, professor I.Stizinvey, kichik amaliy xodim Chjan Xaoi va Markaz direktori Sh.I.Ro‘ziyev, direktor o‘rinbosari B.A.Abdukarimov va boshqa mas’ul shaxslar ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralar davomida Markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan grant loyihasi yuzasidan muhokama qilindi. Xitoy delegatsiyasi Markaz bo‘limlarining hozirgi holati bilan tanishdi va sud-kimyo bo‘limini giyohvand, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalarni aniqlash uchun mass-selektiv alanga ionizatsiyalovchi xromatograflar bilan ta’minlash, sud-biologiya bo‘limida DNK tekshiruvlarini yo‘lga qo‘yish uchun uskunalar bilan jihozlash zarurati dolzarbligiga ishonch bildirdi.
Du Chjenli sud-tibbiy ekspertiza sohasini rivojlantirishga qaratilgan jarayonlarda Xitoy agentligi asbob-uskunalar bilan jihozlash va mutaxassislarni malakasini oshirish yo‘nalishlarida har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
