🔹 2025-yil 12-avgust kuni Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Sirdaryo viloyat filialiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – filial faoliyati bilan bevosita tanishish, sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va joylarda tizimli ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.
🟡Tashrif doirasida filialga yangi rahbar etib tayinlangan K. Mamadaliyev bilan alohida suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida direktor tomonidan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:
✔️ Ekspertiza faoliyatining ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirilishi;
✔️ Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish;
✔️ Ichki tartib va ijro intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
✔️ Xodimlar o‘rtasida intizom, mas’uliyat va halollik muhitini mustahkamlash.
Shuningdek, Sh.I. Ro‘ziyev filial xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda xodimlar tomonidan ilgari surilgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi. Direktor, o‘z navbatida, barcha hodimlarni o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishga, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va tezkorligini oshirishga chaqirdi.
Mazkur tashrif, albatta, hududiy filial faoliyatini yanada faollashtirish va tizimda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
