Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Jizzax viloyat filialiga xizmat tashrifi bilan keldi

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Ro‘ziyev Jizzax viloyat filialiga xizmat tashrifi bilan keldi
Tashrif doirasida Markaz direktori filial faoliyati bilan yaqindan tanishdi, xususan, kadrlar bilan ishlash masalalari, ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya etilishi, mavjud sharoitlar va filialning amaldagi ish yuritish tizimi o‘rganildi.
✅Shuningdek, yaqinda filial rahbarligiga tayinlangan E. Navruzov bilan suhbat o‘tkazilib, unga sud-tibbiy ekspertiza sohasida samarali faoliyat yuritish, bo’limlar faolyati bilan tanishdi jamoa bilan ishlash, tizimli yondashuvni shakllantirish bo‘yicha muhim
tavsiyalar va yo‘nalishlar berildi.
✅Xodimlar tomonidan ilgari surilgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi. Direktor, o‘z navbatida, barcha hodimlarni o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishga, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va tezkorligini oshirishga chaqirdi.
Mazkur tashrif, albatta, hududiy filial faoliyatini yanada faollashtirish va tizimda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan