Oʻzbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi
➡️Tojikiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi taklifiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
➡️Mazkur tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad — sud-tibbiy ekspertiza sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, ilgʻor uslublar va amaliyotlarni oʻrganishdan iborat bo‘ldi.
➡️Tashrif davomida tomonlar oʻrtasida sud-tibbiy ekspertizani yanada takomillashtirish, malaka oshirish, qo‘shma seminar va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Hamkorlik