Hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasining Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifning ikkinchi kuni davomida Tojikiston Respublikasidagi DNK laboratoriya boʻlimi va uning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
🔎Uchrashuv davomida laboratoriya ish jarayonlari, texnik imkoniyatlar hamda ilgʻor tajribalar oʻrganildi. Muzokaralar natijasida, mazkur DNK laboratoriyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Fargʻona viloyat filialidagi sud-tibbiy biologiya boʻlimi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
🔎Bu hamkorlik sud-tibbiy ekspertiza sohasida ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda kadrlar malakasini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan