🕊 Angren universiteti rektori, professor Sh.A. Mutalov boshchiligidagi delegatsiya Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurdi.
🔹Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 2025–2026 o‘quv yilida universitet talabalari uchun sud-tibbiyot fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlarni integratsiya qilishdan iborat.
🔹 Uchrashuv davomida Markaz direktori Sh.I. Ro‘ziyev tomonidan sud-tibbiyot yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
🔹 Tashrif yakunida tomonlar o‘rtasida kelishuvlarga erishilib, ikki muassasa o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida o‘quv xonalarini ta’mirlash uchun 250 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi.
