Surxondaryoda sud-tibbiy ekspertiza sohasiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

2025-yil 8-sentabr kuni Surxondaryo viloyatida “Sud-tibbiy ekspertiza va kriminalistikaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boshlandi.

➡️Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan tashrif buyurgan sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari, soha faxriylari, ilmiy doiralar vakillari, davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarusiya va Qozog‘istondan kelgan xorijiy mehmonlar — sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari rahbarlari ishtirok etmoqdalar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Sh.I. Ro‘ziyev ochib berdi. O‘z nutqida u sohada so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, jumladan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi va ilg‘or xalqaro tajribalarning qo‘llanilayotgani haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori F.A. Atamuradov va xorijiy mehmonlar ham nutq so‘zlab, O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Ular ikki va ko‘p tomonlama ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashinuvi va kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdilar.

➡️Tadbir doirasida soha faxriylari alohida e’tirof etilib, bir qator tajribali ekspertlarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. Ularning yurtimiz huquq-tartibot tizimi hamda sog‘liqni saqlash sohasining rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak baholandi.

➡️Xalqaro anjuman sud-tibbiy ekspertiza va kriminalistika sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash hamda sohani yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan